Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Galaxy S10» yuqori o‘lchamli kamera bilan chiqadi

«Galaxy S10» yuqori o‘lchamli kamera bilan chiqadi

Foto: «TechRadar»

«Samsung» kompaniyasi smartfonlar uchun ikkita fotomatritsani taqdim etdi: birinchisi — 48 megapikselli «Bright GM1», ikkinchisi — 36 megapikselli «Bright GD1». Bularning birinchisi taqdim etiladigan «Galaxy S10» smartfoniga o‘rnatilishi mumkin, deya xabar berdi «TechRadar».

Foto: «Samsung Electronics»

Bunday o‘lchamli kamera ayniqsa tungi fotosuratlarni yanada yorqinroq oladi. Piksel o‘lchami qancha katta bo‘lsa u shuncha ko‘p yorug‘lik o‘tkazadi. Shundan kelib chiqilsa, 48 MP kameraning kerakli sifatni uddalashi savol ostida qoladi. Biroq bir yo‘la to‘rtta pikselning bitta piksel vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan «Tetracell» texnologiyasi bu masalaga yaxshi yechimdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring