Gaitida kuchli zilzila yuzlab insonlarning yostig‘ini quritdi
Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 304 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi boshqarmasi rahbari Jerri Chandlerga tayanib Frans-Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq departament tabiiy ofat natijasida 227 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergandi.
«Janubiy departamentda 160, Nipda 42, Grand-Anseda 100 va Shimoli-G‘arbiy departamentda 2 ta o‘lim qayd etildi», — dedi Chandler.
Boshqarmaning «Twitter»dagi xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 1,8 mingdan ortiq odam jarohatlangan.
Shanba kuni Gaitining qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila epitsentri Peti-Tru-de-Nip kichik aholi punktidan sakkiz kilometr shimolda joylashgan. Keyinroq 5,2 ballgacha bo‘lgan yangi silkinishlar kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter