Gaiti fojeasi. Zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 2 mingtaga yaqinlashdi
O‘tgan dam olish kunlari Gaitining janubi-g‘arbiy qismida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 1941 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, kamida 9 915 kishi jarohatlangan.
Zilzila o‘n minglab uylarni vayron qilganidan so‘ng, kuchli yomg‘irli tropik bo‘ron tirik qolganlarni qidirish ishlariga to‘sqinlik qilgan. Mahalliy aholi zilziladan yoriqlar paydo bo‘lgan binolardan ehtiyot bo‘lishga chaqirilgan — ular kuchli yomg‘ir oqibatida qulab tushishi mumkin.
Kasalxonalar odamlar bilan to‘lgan, sababi odamlar boshpana ilinjida ham binoga joylashishga harakat qilmoqda.
Omon qolganlarni topish bo‘yicha operatsiya ob-havo sharoiti yaxshilanganidan keyin qayta tiklangan. Zilziladan zarar ko‘rgan gaitiliklar oziq -ovqat, boshpana va tibbiy yordam talab qilmoqda.
14-avgust kuni Gaitining qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter