Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Furqat Usmonov yangi lavozimni egalladi

Furqat Usmonov yangi lavozimni egalladi

Furqat Usmonov O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari lavozimiga saylandi.

Bunga qadar u Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Furqat Usmonov bir qator hujjatli filmlar muallifi va rejissyori hisoblanadi. Uning muallifligidagi «Xalq yuragi», «Alisher Navoiy», «Abdulla Oripov», «Mustahkam» kabi filmlar yurtimiz kinoteatrlari va telekanallari orqali ko‘p marotaba namoyish etilgan bo‘lsa, «Inson» hujjatli filmi turli xalqaro kinofestivallarda e’tirof etilib, oliy mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring