Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Debyut start — 2021» yoshlar kinofestivalining g‘oliblari taqdirlandi

«Debyut start — 2021» yoshlar kinofestivalining g‘oliblari taqdirlandi

Bugun «Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli» kinooyligi doirasida «O‘zbekfilm» kinokonsernida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan «Debyut start — 2021» yoshlar milliy kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar milliy kinofestivali «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» yilida yosh kinoijodkorlar o‘rtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangicha g‘oyalar va qarashlarni aks ettirish maqsadida o‘tkazildi.

«Debyut start — 2021» qisqa metrajli filmlar festivalida g‘oliblar «Eng yaxshi ssenariy» nominatsiyasida «Olimpiada» filmi uchun Umrbek Ro‘zimov, «Eng yaxshi operatorlik ishi» nominatsiyasida «Hali urush tugamadi» filmi uchun Odilbek Kasimov, «Eng yaxshi rassom» nominatsiyasida «Hali urush tugamadi» filmi uchun Muhammadali Rahimov, «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida «Montaj» filmi uchun Asliddin Amrullayev, «Eng yaxshi ayol roli» nominatsiyasida «Qovoq mening jonu dilim» filmi uchun Oyparcha Abdullayeva, «Hay’atning maxsus sovrini» bilan «Sharpa» filmi va «Yangi O‘zbekistonning g‘oyasi» nominatsiyasida «Hali urush tugamadi» filmlari taqdirlandi.

Shuningdek, «Gran-pri» sovrinlari: 3 darajali cyertifikat «Hali urush tugamadi» filmi uchun 200.000.000 so‘m miqdordagi grant, 2 darajali sertifikat «Montaj» filmi uchun 300.000.000 so‘m miqdordagi grant, 1 darajali bosh sovrin «Hali urush tugamadi» filmi uchun 500.000.000 so‘m miqdordagi grant 2022 yilda yangi kinoloyihalar suratga olish uchun taqdim etildi.

Milliy kinofestival davomida yoshlar uchun shou-konsert tashkil etildi. «Milliy kinematografiya — Yangi O‘zbekistonning timsoli» kinooyligi doirasida shuningdek, oldinda qator tadbirlar hamda yangi filmlarning premeralari bo‘lishi kutilmoqda. Kinooylik 2022 yil 14 yanvargacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring