Vatan himoyachilari kunida «Mehr» filmining premerasi bo‘ladi
Kinematografiya agentligi tomonidan «Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli» kino oyligi bo‘lib o‘tmoqda.
Ertaga 14 yanvar kuni, soat 11:00 da O‘zbekfilm kinokonsernida Kinematografiya agentligi hamda DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda «Vatan» kinostudiyasi tomonidan yaratilgan «Mehr» badiiy filmi OAV vakillari va kinoijodkorlar uchun premera qilinadi. Ushbu premera Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilmoqda.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev, kartina direktori Shohrux Nasimov, kompozitor Dmitriy Yanov Yanovskiy, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qo‘ziboyev.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter