«Kavkaz asirasi» uzoq tanaffusdan so‘ng kinoga qaytdi
«Smotrim» mediaplatformasida «Sizning Lyusi xolangiz» komediya-melodramasi joylashtirildi.
Unda bosh rolni «Kavkaz asirasi» (1967) dagi sportchi, komsomol, shunchaki go‘zal qiz Nina — Natalya Varley o‘ynagan.
Juda katta tanaffusdan so‘ng kinoga qaytgan Natalya Varley yangi filmda ziyrak pensioner Lyudmila Rene obrazini jonlantirgan. Filmda, shuningdek, rus kinosi yulduzlari Dmitriy Dyujev, Sergey Gorobchenko, Tatyana Kolganova va Andrey Urgantlarni ko‘rish mumkin.
Hammasi Lyudmila Parijdagi kvartirasini sotib, Rossiyaga qaytib kelganidan so‘ng boshlanadi... Qiziq film deyishyapti, hatto ayrim ekshn-sahnalari «Kavkaz asirasi»dagi tryuklarni eslatib yuborarkan. Darvoqe, Gaydayning «Kavkaz asirasi»da aksariyat kaskadyor talab etiladigan sahnalarni sirkda ishlagani uchun Varleyning o‘zi bajargan.
Filmga havola.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter