Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi

Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi

Hukumatning tegishli qarori bilan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi.

Unga ko‘ra davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan:

  • Franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
  • Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yig‘im undiriladi.

Quyidagi hollarda yig‘im to‘lanmaydi:

  • sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda;
  • ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar qaytadan ko‘rib chiqilganda.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yig‘im to‘lamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring