Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa san’atidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-401-son, 22.11.2024) qabul qilindi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab, orkestrning:

-badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;

-oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;

-ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring