Fransuzlar Yangi yilda yuzlab mashinalarga o‘t qo‘ydilar
Fransiyada bezorilar Yangi yil arafasida 745 ta mashinani yoqib yuborishdi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«O‘tgan yilga nisbatan 10 foiz kamroq mashinalar yondirildi», dedi Darmanen.
Uning aniqlik kiritishicha, turli hodisalar paytida qo‘lga olinganlar soni 380 kishidan oshgan, bu ham 2023-yildagi ko‘rsatkichdan 10 foizga kam.
Bo‘lim boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi Yangi yil kechasi 2022-yilga qaraganda, umuman olganda, tinchroq o‘tdi. To‘polonlarni bostirish chog‘ida 40 ga yaqin huquq-tartibot idoralari xodimi yaralangan. Politsiyachilarning aksariyati otishma tufayli yengil tan jarohati oldi.
Avvalroq Daniya qirolichasi taxtdan voz kechgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter