Fransiyalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montane olamdan o‘tdi
Fransiyalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montane 89 yoshida vafot etdi.
Montane odam immun tanqisligi virusi (OIV)ni aniqlagani uchun hamkasbi Fransuaza Barre-Sinussi bilan birgalikda 2008-yilda Nobel mukofotini olgan. O‘sha yili shu yo‘nalishda yana bir laureat nemis virusologi — bachadon bo‘yni saratoniga sabab bo‘luvchi papillomaviruslarni topgan Harald sur Hauzen bo‘lgandi.
Montane ilmiy hamjamiyatning noroziliga sabab bo‘lgan chiqishlari bilan ham tilga tushgandi. Xususan, koronavirusga qarshi emlashni qoralagan, bir necha marta vaksinatsiyaga qarshi namoyishchilar orasida vaksinalar zararli ekanini targ‘ib qilib yurganini ko‘rishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter