Fransiyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi
Fransiyaning Ruane shahridagi qurilish maydonida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
230 kilogramli bomba bugun, 12 avgust kuni ertalab shahar markazida topilgan. Bombani zararsizlantirish paytida atrofda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan.
«Biz detonatorning portlovchi qismini yo‘q qildik. Zararsizlantirish uncha katta xavf tug‘dirmadi», – deydi shahar xavfizlik departamenti boshlig‘i Pol Fransua.
«BFMTV» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zararsizlantirish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter