«Forbes» jurnali eng boy sportchilarni aniqladi
«Forbes» jurnali 2018-yili eng ko‘p pul ishlagan sportchilar nomini e’lon qildi. «Germania.one» xabar berishicha, ro‘yxatning eng tepasida 2018-yili 285 mln. dollar ishlagan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer turibdi. Eng qizig‘i, shundan 275 millionni u Konor MakGregorga qarshi o‘tkazgan bittayu-bitta jangi orqasidan topgan.
Irlandiyalikka kamroq pul tekkani aniq, chunki u 99 million million dollar bilan ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni band etgan.
Eng boy sportchilar (2018-yil, TOP-10):
- Floyd Meyvezer (AQSh, boks) — 285 mln.
- Lionel Messi (Argentina, futbol) — 111 mln.
- Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, futbol) — 108 mln.
- Konor MakGregor (Irlandiya, MMA) — 99 mln.
- Neymar (Braziliya, futbol) — 90 mln.
- LeBron Jeyms (AQSh, basketbol) — 85.5 mln.
- Rojer Federer (Shveysariya, tennis) — 77.2 mln.
- Stiven Karri (AQSh, basketbol) — 76.9 mln.
- Mett Rayan (AQSh, amerika futboli) — 67.Z mln.
- Mettyu Stefford (AQSh, amerika futboli) — 59.5 mln.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter