Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» barcha davrlarning eng boy sportchilarini e’lon qildi

«Forbes» barcha davrlarning eng boy sportchilarini e’lon qildi

Amerikalik basketbolchi Maykl Jordan

Foto: Interfax.ru

Nufuzli «Forbes» jurnali barcha davrlarning eng boy 25 sportchisi ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, amerikalik basketbolchi Maykl Jordan dunyoning eng sportchisi deya e’tirof etildi. U o‘z faoliyati davomida 1,85 milliard dollar ishlab topgan.

Jordan — Xalqaro basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning afsonaviy o‘yinchisi hisoblanadi. U «Chikago Bullz» (1984-1993, 1995-1998) va «Vashington Uizards» (2001-2003) jamoalarida o‘ynagan bo‘lib, faoliyati davomida olti bor NBA chempionligi, ikki bor olimpiada g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kuchli uchlikka golfchilar — Tayger Vuds (1,7 milliard dollar) va Arnold Palmer (1,4 milliard dollar) yakun yasagan.

Eng boy futbolchi esa Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi Devid Bekhem deb topildi. Uning boyligi 800 million dollarga baholangan.

Besh martadan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi eng boy sportchilar o‘ntaligiga kira olmadi. «Real» yetakchisi 725 million dollar bilan 12, «Barsa» hujumchisi esa 600 million bilan 16-pog‘onadan joy egallagan.

Tarixdagi eng boy sportchilar o‘nligi:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 1,85 milliard dollar
2. Tayger Vuds (golf) – 1,7
3. Arnold Palmer (golf) – 1,4
4. Jek Niklaus (golf) – 1,2
5. Mixael Shumaxer (Formula-1) – 1
6. Fil Mikelson (golf) – 815 million dollar
7. Kobi Brayant (basketbol) – 800
8. Devid Bekhem (futbol) – 800
9. Floyd Meyvezer – (boks) – 785
10. Shakil O‘Nil (basketbol) – 735
...
12. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 725
...
16. Lionel Messi (futbol) - 600

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring