Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarlar «Uzsard» klonini yaratdi

Firibgarlar «Uzsard» klonini yaratdi

Foto: «UzDaily.com»

Yagona umumrespublika protsessing markazi «Uzcard» karta egalarini «Uzcard» brendi ishlatilgan kiberjinoyat ro‘yxatga olingani haqida ogohlantirdi.

Xabar qilinishicha, noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytining interfeysi nusxalanib,  «Uzcard» to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgan. Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

«Rasmiy ravishda e’lon qilamizki, ushbu aksiya «Uzcard» banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan.  Hozirda kompaniyamiz tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida Sizlarni xabardor etamiz», deyiladi xabarda.

«Ogoh bo‘ling! Tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e’tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz. Jumladan, domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi: uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info», deb ogohlantirgan kompaniya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring