Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgarlar endi «Markaziy bank» nomidan foydalanishmoqda

Firibgarlar endi «Markaziy bank» nomidan foydalanishmoqda

Firibgar Sizga qo‘ng‘iroq qilib yoki «Telegram» messenjeridagi «Markaziy bank»ning rasmiy kanalini soxtasini yaratib, o‘zini «Markaziy bank xodimi» sifatida tanishtiradi va yana-da ishontirish uchun (o‘zga shaxsning fotosurati va tagiga Markaziy bank xodimi so‘zlari yozilgan) soxta hujjat tayyorlab, uni sizga yuboradi.

Natijada, Siz unga ishonib, ma’lumotlarni rasmiy manbalardan tekshirmasdan, telefoningizga kelgan «Tasdiqlovchi SMS-kod»ni firibgarga aytishingiz orqali, unga bank kartangizni boshqaruvini topshirasiz, qarabsizki, rejasi amalga oshgan firibgar qisqa muddatlarda hisobingizdagi pullaringizni o‘zlashtirib oladi.

«Yodda tuting! Bank xodimlari Sizdan bank karta ma’lumotlarini so‘rab qo‘ng‘iroq qilishmaydi! O‘zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishidan himoya qiling», deb ogohlantirmoqda Kiberxavfsizlik markazi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring