Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fir’avnlar qarg‘ishi»: Tutanhamon dahmasi kashf etilganiga bir asr bo‘ldi (foto)

«Fir’avnlar qarg‘ishi»: Tutanhamon dahmasi kashf etilganiga bir asr bo‘ldi (foto)

Foto: «Fotoshedevri»

Angliyalik Hovard Karter Tutanhamon dahmasiga kirish yo‘lini ochganiga 100 yil to‘ldi. Bu kashfiyot ortidan butun dunyoda Qadimgi Misrga qiziqish ortdi.

1922-yilning 6-noyabrida Hovard Karter o‘z arxeologiya qazilmalari homiysi Jorj Karnarvonga telegramma jo‘natadi. «Nihoyat Vodiyda g‘aroyib topilmaga duch keldik: tamg‘alari buzilmagan muhtasham dahma; siz kelishingizga qadar yopiq turadi. Tabrigimni qabul qiling. Karter». Unda shunday so‘zlar yozilgan edi.

Keyingi kunlarda Karter zina hamda qo‘riqchilar haykallari joylashgan dahlizga eltuvchi yo‘lakni topadi. Tutanhamonning mumiyolangan jasadi ancha keyin — 1923-yilning 16-fevralida aniqlangan.

Ushbu topilma ochilganidan so‘ng yarim yil o‘tib, lord Karnarvon o‘pkasi xastalanib Qohirada vafot etadi. Bu esa fir’avnlar qarg‘ishi haqidagi afsonaning tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Faqat 2002-yilga kelib epidemiolog Mark Nelson qarg‘ish haqidagi gaplar safsata ekanini isbotlab berdi. Tutanhamon mumiyosi bilan eng ko‘p ishlaganlar o‘rtacha 70 yil umr ko‘rishgan. Dahma ochilganidan so‘ng arxeologlar yana o‘rtacha 20 yildan yashashgan.

Ma’lumot uchun: Tutanhamon — Qadimgi Misrning Yangi podshohligi fir’avni (XVIII sulola vakili). Hukmronlik yillari miloddan avvalgi 1332—1323-yillarga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring