Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

Filippin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Filippinning yangi tayinlangan elchisi Roberto G.Manaloni qabul qildi.

Vazir elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

«Filippinning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Roberto G. Manalo janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz», – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram kanalida.

U, shuningdek, qabulda ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashilganini bildirib, o‘zaro hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi yangi tayinlangan elchining O‘zbekiston-Filippin munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 13-aprelda o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring