Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazmoqchi

FIFA jahon chempionatlarini har ikki yilda o‘tkazmoqchi

Foto: «IstoÉ»

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon chempionatlarining ikki yillik davrasi doirasida terma jamoalarning bo‘lg‘usi taqvimlarini ko‘rib chiqish taklif etilgan hujjatlarni milliy federatsiyalarga jo‘natdi. O‘zgarishlarni 2026-yildan so‘ng amalga oshirish rejalashtirilyapti.

«Cadena SER» yozishicha, yangi taqvim futbolchilar bir yilda milliy jamoalarga ajratadigan 50 kunni 30 kungacha qisqartirish imkonini beradi. Chunki har ikki yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatlarining saralash o‘yinlari soni qisqartiriladi.

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino futbolga islohotlar kerakligini ta’kidlagandi. Uning fikricha, 2026-yildan jahon chempionatida jamoalar soni 48 taga yetkazilishi turnirning davriyligida ham aksini topishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring