Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermer hokim etib tayinlandi

Fermer hokim etib tayinlandi

Qurbonov Alisher Qurbonovich Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi.

Alisher Qurbonov 1973 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi-tashkilotchi, yurisprudensiya.

Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda hamda xususiy sektorda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar A.Qurbonov «Amirqulbobo KAA» fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring