Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fatvo markazi Umradan qaytgan ayol oyog‘i ostiga yosh bola yotqizilganiga munosabat bildirdi

Fatvo markazi Umradan qaytgan ayol oyog‘i ostiga yosh bola yotqizilganiga munosabat bildirdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholchalar, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchining oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan videolavha turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Holatga O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi munosabat bildirdi.

«Haqiqatan, Umra ibodatiga borib kelayotgan ayrim ziyoratchilar va ularning yaqinlari bilgan yoki bilmagan holda riyokorlikka yo‘l qo‘yishi kuzatilmoqda. Ba’zi hollarda Umra safaridan kelganlarni dabdaba-yu as’asa ila kutib olish, ko‘cha boshidan payondozlar solish holati ko‘paymoqda. Bu kabilar dinimizga mutlaqo zid bo‘lib, unday ishlarni qilayotganlar o‘ta johil va nodon kishilardir. Ehtimol, bu ishlari bilan ular o‘zlarining Allohning baytiga bo‘lgan ehtiromlarini yoki uni tavof qilib kelgan kishiga nisbatan hurmatlarini ifodalamoqchidirlar. Lekin, ibodatga hurmat-ehtirom bu tarzda namoyon qilinmaydi. Aksincha, bu riyokorlik va og‘ir gunoh», — deyiladi munosabatda.

Markaz dabdabali marosimlar uchun qiladigan sarf-xarajatlarni tejab, yon-atrofdagi muhtoj kishilarga berishni, farzandlar ta’lim olishi yo‘lida sarflashni tavsiya etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring