Oltin va kumushni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas — Fatvo markazi
Hozirda oltinni osh, kabob yoki pitssaga qo‘shib tayyorlash urf bo‘lmoqda. Mazkur holatga Musulmonlar idorasi Fatvo markazi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, oltinni o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish dinimizda durust emas.
«Oltinni o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish dinimizda durust emas. Birinchidan, aslida oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish shar’iy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan», – deyiladi munosabatda.
Shuningdek, munosabatda shifo maqsadida kam miqdorda oltin iste’mol qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
«To‘g‘ri, ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin iste’mol qilishni tavsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu zaruratda boshqa dori qolmagani uchun «harom bilan davolanish» bobidan bo‘lib, alohida mavzu hisoblanadi. Lekin odatdagi holatda tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas», deyilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter