Fatvo markazi uzrnoma va tuzatish e’lon qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi uzrnoma va tuzatish e’lon qildi.
«2024 yil 3 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi tomonidan kriptovalyutalar joizmi, degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga ko‘ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.
Ayni paytda Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o‘rinbosarlari muborak haj safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga yetmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilayotganini bildiramiz.
Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazib, qayta e’tiboringizga havola qilinishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Fatvo markazi avvalroq e’lon qilgan bayonotida kriptovalyutalardan foydalanish shar’an nojoiz deya hukm chiqargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter