Farzandini 6000 dollarga sotgan ayol ustidan sud hukm o‘qidi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 6 yoshli o‘g‘lini sotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Takidlanishicha, ayol o‘g‘lini 8-10 yildan beri farzand ko‘rmayotgan oilaga 6000 dollarga sotgan.
Ayolning aytishicha, sotishga uning shaxsiy uyi yo‘qligi sabab bo‘lgan. Uning 3 nafar farzandi bor edi.
Sodir etilgan holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilgan. Ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter