Farg‘onalik uch o‘rtoq velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilmoqda
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan uch sinfdosh Rasuljon aka, Ubaydulla aka va Ro‘zivoy akalar velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayyohatga chiqishdi. Sayyohatchilar ayni damda Guliston shahriga yetib kelishgan.
Bugun 16 iyun Sirdaryo viloyati yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari o‘z yumushlari bilan band bo‘lib turgan edi. Shu payt boshqarma binosiga bir inson kursdosh do‘sti Nuriddin akani izlab kiradi.
Uzoq suhbatdan so‘ng Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan uch sinfdosh Rasuljon aka, Ubaydulla aka va Ro‘zivoy akalar ziyorat qilish maqsadida Samarqandga velosipedda yo‘lga chiqishgan ma’lum qilingan.
Sayohatchilarning aytishicha, yo‘lga chiqishganiga sakkiz kun bo‘libdi, Ular Sirdaryo viloyatiga 16 iyun tong soat 7:00 da kirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter