Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik fuqaro Makarov pistoletini sotayotganda qo‘lga olindi

Farg‘onalik fuqaro Makarov pistoletini sotayotganda qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 59 yoshli S.A. bir dona Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilning 7-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoshli S.A. bir dona 1954-yilda ishlab chiqarilgan Makarov pistoletini o‘qlarsiz sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring