Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik bloger ham tovlamachilikda ayblanib qamoqqa olingani aytildi

Farg‘onalik bloger ham tovlamachilikda ayblanib qamoqqa olingani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik bloger O.H. qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalganidan so‘ng viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29-iyul kuni Farg‘ona viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O.H. tovlamachilik ustida qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, O.H. joriy yilning 12-iyun kuni «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallarida joylashtirgan.

«Bloger «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksi MChJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga urinib, o‘zi tomonidan tayyorlangan «Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?» nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tumani sudida yutub-bloger Abduqodir Mo‘minovning jinoyat ishi ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring