Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onalik ayol sobiq eriga tovon puli to‘ladi

Farg‘onalik ayol sobiq eriga tovon puli to‘ladi

Biroz g‘alatiroq, ammo  bor gap: Farg‘onaning Uchko‘prik tumanida ayoldan sobiq eriga tovon puli undirildi, shuningdek uy-joyning teng yarmini ham... Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB markaziy apparati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gap shundaki, sobiq erning  da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudida qanotlantirilib,  sobiq xotinidan  uy-joyning teng yarmi, 7.249.329 so‘m kompensatsiya, 3.778.516  so‘m sud harajatlari va 16.110 so‘m pochta harajati undirilishi belgilangan edi.

Ijro hujjati MIBning tuman bo‘limiga kelib tushgach, darhol ishga kirishildi. E’tiborlisi, ayol oyoq tirab turib olgani yo‘q: MIBchilarning tushuntirishlariga quloq solib, uyning yarmini berdi, pulniyam  darhol sanadi. Bu bilan u qonunga itoatkorligini ko‘rsatdimi yoki tezroq qutulganiga  (erdan ham,  qarzdan ham) shukur aytmoqchi bo‘ldimi – kim bilsin?!

MIBchilar esa ayolning xayolidan o‘tayotgani bilan qiziqishgani yo‘q – chunki ular  ijro ishi g‘alvasi yopilayotganidan ich-ichidan mamnun edi. Sobiq er-xotinlar o‘rtasida mulkni bo‘lishga oid ishlar janjalsiz bo‘lmaydi-da. Bunga misollar tiqilib yotibdi, axir?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring