Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi tekstil korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi tekstil korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Videodan lavha

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida qurilishi tugallanmagan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 19 iyun kuni soat 12:42 da qurilishi tugallanmagan kalava ip va rangli ip ishlab chiqarish sexida sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:48 da o‘rab olingan va soat 13:02 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida sex binosining 150 kvadrat metr maydonida tom qismi, operator va qorovul xonasining ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 2 000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring