Farg‘onada «zapravka» egasi besabab kaltaklandi
2020-yilning 4-iyul kuni soat 20:30 da 21 yoshli X.Sh., 24 yoshli B.R. va J.Sh.lar bir guruh bo‘lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir fuqaroni do‘pposlashdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, ular O‘zbekiston tumani Do‘stlarobod qishlog‘ida joylashgan 38 yoshli Sh.F. ga tegishli bo‘lgan AYoQShga kelishib, hech bir sababsiz fuqaro Sh.F. ni tanasining turli joylariga urib-do‘pposlab hodisa joyidan yashiringanlar.
Natijada tan jarohati olgan Sh.F. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ishtirokchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter