Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada kelin-kuyov to‘ydan uch kun o‘tib vafot etdi

Farg‘onada kelin-kuyov to‘ydan uch kun o‘tib vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘onaning Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov to‘ydan uch kun o‘tib is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud bo‘lgan isitish moslamasi nostandart holatda o‘rnatilganligi haqida xulosa berilgan.

«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring