Farg‘onada soxta YPX xodimi qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro M.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M. sotib olmoqchi bo‘lgan «Ural» rusumli yuk avtotransport vositasini qayta jihozlash orqali «Zil» rusumiga o‘zgartirib, hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, M.X. o‘zining nomiga Farg‘ona viloyati IIB pensioneri hamda viloyat YHXB yo‘l posboni soxta guvohnomalarini tayyorlab olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha Quva tumanida YPX inspektori pora olgani uchun qochgani aks etgan video tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter