Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada mudhish jinoyat sodir qilgan erkak sud qilindi

Farg‘onada mudhish jinoyat sodir qilgan erkak sud qilindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qonboy qishlog‘ida shu yilning 11 mayida uy bekasi bo‘lgan ayol va uning farzandi shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Achinarlisi, qotil ularga begona emas...

Qayd etilishicha, hodisadan bir kun avval er va xotin o‘zaro janjallashib qolishi ayanchli yakun topadi. Oila boshlig‘i uyida yig‘ib qo‘yilgan pul mablag‘idan 500 ming so‘mini olib, dorixonaga chiqib ketayotgan vaqtda ayoli kech bo‘lganda ko‘p pul olib ketayotgani uchun eriga e’tiroz bildiradi. Ayol uni erkaklik sha’niga dog‘ tushuruvchi uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani erning g‘azabini qo‘zg‘atadi. Erkak ayoli va farzandini qasddan o‘ldirishni maqsad qiladi.

U o‘zi yashab turgan uyning hovlisida bolta dastasiga mo‘ljallangan tayoq bilan ayoli va voyaga yetmagan 13 yoshli farzandining bosh qismi hamda boshqa sohalariga o‘ta shavfqatsizlik bilan ko‘p marotaba urib, ularga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohatlarni yetkazib, qasddan o‘ldiradi. 

Sudlanuvchi o‘ldirilgan ayol uning ikkinchi turmushi ekanligi va u bilan yashay boshlagan paytdan buyon o‘zaro murosaga kela olmagani uchun ichkilikka ruju qo‘ygani, marhuma ayolini buzuqlikda ayblab, voyaga yetmagan farzandini ham uniki emasligi gumoni ostida yashab kelganini sudda ma’lum qiladi.

Sud qaroriga ko‘ra, qotil JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi a (ikki yoki undan ortiq shaxs) va j (o‘ta shafqatsizlik bilan) bandlari bilan aybli deb topilib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring