Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «metan zapravka»dagi janjalda 22 yoshli yigit vafot etdi

Farg‘onada «metan zapravka»dagi janjalda 22 yoshli yigit vafot etdi

Joriy yil 3-fevral kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjali bir yigitning o‘limi bilan tugadi.

Aniqlanishicha, o‘zaro janjallashayotgan mazkur shaxslar ularni ajratib qo‘yish maqsadida kelgan 2001-yilda tug‘ilgan fuqaroga ham faol qarshilik ko‘rsatgan. Bir necha vaqtdan so‘ng, ushbu shaxs xushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan. 

Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TG tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan. 

Marhumning o‘limi yuzasidan Dang‘ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring