Farg‘onada ikki nafar inson YTH qurboni bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida 2 piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida «Spark» avtomobilini boshqarib kelayotgan haydovchi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 59 yoshli piyodani urib yuborgan. Natijada, fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Shuningdek, Farg‘ona shahar Muruvvat mahallasi «Sanoat» ko‘chasida ham avtomobil ayol piyodani urib yuborgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan piyoda hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter