Farg‘onada 8 yoshli o‘g‘lini pullayotgan ayol qo‘lga olindi (video)
Farg‘onada uzoq yillar xorijda ishlab kelgan ayol 8 yoshli o‘g‘lini sotishga urindi. U shartli xaridor bilan jami 15,4 ming dollarga kelishgan.
DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan fuqaro arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol Farg‘ona tumanidagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida bolasi uchun talab qilingan pullarning 10,4 ming dollarini olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
U bolasiga uni sotayotganini aytmagan, aksincha, o‘zining Turkiya davlatiga ishlash uchun ketayotgani, xaridorning esa unga ko‘z-quloq bo‘lib turishini aytgan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter