Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 6 oy ichida 18 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Farg‘onada 6 oy ichida 18 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Farg‘ona viloyati hududida joriy yilning 6 oyi davomida jami 3 ming 549 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

«Farg‘ona HETK» AJga ko‘ra, mazkur holatlar uchun 18 mlrd 570 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari bajarilgan.

Shundan, aholi iste’molchilari tomonidan 2 ming 326 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 5 mlrd 701,3 mln so‘m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 1 ming 223 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 12 mlrd 869,0 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p noqonuniy holatlar Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Beshariq, Buvayda, Bog‘dod hamda Uchko‘prik tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog‘idan ajratib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring