Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrida maktab o‘quvchisi bo‘lgan qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 14 yoshli qiz D.K. (maktab o‘quvchisi) o‘gay otasi bilan o‘zaro janjallashib qolishi natijasida Farg‘ona shahrining Tarona ko‘chasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u yerdan pastga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.

Voqea  joyiga borgan Farg‘ona shahar IIB va FVV xodimlari D.K.ni tomdan sog‘-omon tushirib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring