Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyatiga hokim tayinlandi

Farg‘ona viloyatiga hokim tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

X.X.Bozarovni Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Xayrullo Xayitbayevich Bozarov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Xayrullo Bozorov Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat rahbari lavozimiga tasdiqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring