Farg‘ona viloyati hokimi sobiq o‘rinbosari Yaponiyaga elchi etib tayinlandi
Oliy Majlis Senati Kengashi qarori bilan Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.
M.Abdurahmonov 1974-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSh) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.
2004-2008-yillarda Xokkaydo universitetida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.
2004-2006-yillarda «Coca Cola Ichimligi O‘zbekiston» kompaniyasida menejer lavozimida ishlagan. 2008-2018-yillarda «MTRUSTCo. Ltd» (Yaponiya) bosh direktori. 2018-2021-yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i.
2021-yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter