Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fanatlar Messiga koronavirusni yuqtirgan «aybdor»ni topishdi

Fanatlar Messiga koronavirusni yuqtirgan «aybdor»ni topishdi

Foto: «Soccernews»

Lionel Messi koronavirusga chalinganini yozgandik. Fanatlar esa «aybdor»ni tezda topishdi. Aytishlaricha, bu — dijey Fer Palasio.

Ular Rojdestvo ta’tillari payti Rosariodagi klubda o‘zaro muloqotda bo‘lishgan. Shu boisdan Messi kasallanganini eshitgan fanatlar Palasioni tinch qo‘yishmayapti, unga tahdidlar bo‘lmoqda.

FOTO: INSTAGRAM

«Unga kasallikni men yuqtirgan emishman. Hatto qotil deyishgacha borishdi. Shaxsiy xabarlar orasida salbiylari juda ko‘p. Urugvayga ketishim uchun kecha test topshirgandim, menda hech qanday koronavirus topilmadi», — tvitterda shu gaplarni yozgan Fer Palasio PZR-testi manfiy chiqqan suratni ham ilova qildi.

Argentinalik futbol yulduzi kovidni yuqtirgani 2-yanvar sanasida ma’lum bo‘lgandi. Undan tashqari, «Pari Sen-Jermen»ning yana uch futbolchisi — Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazal topshirgan testlar ham musbat chiqqan.

Darvoqe, «RMC Sport» yozishicha, kasalligi aniqlanganidan so‘ng o‘zini yakkalagan Messi hozirda o‘zini yaxshi his etyapti, kovid simptomlari uni bezovta qilayotgani yo‘q. U Parijga zudlik bilan uchish uchun navbatdagi kovid-testi manfiy chiqishini kutyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring