Eyfel minorasi ochildi: Ikkinchi Jahon urushidan beri bunday hol kuzatilmagandi
To‘qqiz oydan so‘ng Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi. Bu Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi eng uzoq vaqt davom etgan tanaffus bo‘ldi, deb xabar berdi Eyfel minorasini ekspluatatsiya qilish jamiyati.
Ob’yektga kirish 2020-yil oktyabr oyining oxirida to‘xtatilgandi. Endi sayyohlar minoraning barcha uchta qavatiga ham ko‘tarilishlari mumkin. Faqat koronavirusdan himoyalanish qat’iy choralarini ko‘rish talab etiladi.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar sonini cheklashga qaror qilingan — kuniga ularning soni 13 mingdan oshmasligi zarur. Epidemiyaga qadar bu raqam 25 mingni tashkil etgan.
Chorshanba kunidan boshlab Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan kiritilgan yangi choralarga muvofiq, 12 yoshdan oshgan mehmonlarga faqat COVID-19 yo‘qligini tasdiqlovchi sog‘liqni saqlash pasporti taqdim etilgandan keyingina minoraga kirish huquqi beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter