O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni bir yil ichida qanday o‘zgardi?
2024-yilning yanvar-cyentyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston – 1,6 mln nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;
Rossiya – 609,7 ming nafar;
Turkmaniston – 120,4 ming nafar;
Turkiya – 84,3 ming nafar;
Xitoy – 50,4 ming nafar;
Hindiston – 48,6 ming nafar;
Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;
Italiya – 30,3 ming nafar;
boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter