Yevropadagi eng yirik masjid o‘zbek me’morlari loyihasi asosida qurilmoqda
![Yevropadagi eng yirik masjid o‘zbek me’morlari loyihasi asosida qurilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/9/3/720_460_95_938807803.png)
Chechenistonda 2019-yilning may oyida Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjid ochiladi. Bu haqda «Regnum» xabar bermoqda.
Shali shahridagi ushbu masjid bir paytning o‘zida 20 000 kishi namoz o‘qishiga mo‘ljallangan. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ma’lum qildi.
Ayni paytda masjidda ichki va tashqi bezatish hamda atrofida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Bu ishlarga 300 nafar mutaxassis jalb etilgan.
Masjid o‘zbek me’morlari loyihasi asosida barpo etilayotgani haqida «Grozniy» teleradiokompaniyasi 2016-yilda xabar bergandi.
Xabarlarga ko‘ra, masjid Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq usullarida bezatilib, Gretsiyadan keltirilgan oq marmar ishlatiladi. Yoritish tizimi esa italiyalik mutaxassislarga ishonib topshirilgan. Qurilish ishlari 2012-yilning dekabr oyida boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter