Yevropa yo‘lida 34 ming qochoq halok bo‘ldi
Hollandiyaning «United for Intercultural Action» tashkiloti 20 yildan beri Yevropa sari yo‘lga otlangan qochoqlardan 34361 nafari halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Angliyaning «The Guardian» gazetasi «United for Intercultural Action» tashkiloti ma’lumotlariga tayanib chop etgan maqolada 1993 yildan beri Yevropa sari otlangan qochoqlarning soni yil sayin oshib borayotanini keltirgan. Halok bo‘lgan qochoqlar faqat suvda cho‘kib ketmagan. Ularga Yevropa davlatlarida zug‘um o‘tkazilmoqda: ekspluatatsiya qilinayapti, zavod va fabrikalarda og‘ir ishlarga jalb etilmoqda.
34361 nafar qochoqdan 27 ming nafari (80 foizi) dengizda cho‘kib ketgan. 500 kishi lagerlarda, qamoqxonalarda halok bo‘lgan. 400 nafar qochoq o‘z joniga qasd qilgan, 600 dan ortig‘i o‘ldirib ketilgan.
Kuni kecha Liviya sohillarida 301 nafar qochoq qutqarildi. Yevropaga borish uchun Liviya orqali O‘rta dengizga chiqmoqchi bo‘lgan qochoqlar Afrika davlatlaridan ekani aniqlandi.
Suriyadagi urush tufayli 2014-yildan beri dengizda cho‘kib ketayotgan qochoqlar soni ko‘payib borayapti. 2013-yili dengizda 900 kishi jon bergan bo‘lsa, 2017-yilda ularning soni 3500 ga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter