Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ligasi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa ligasi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Foto: Sport Mail

13-mart oqshomida Yevropa ligasi 1/4 finalining barcha ishtirokchilari nomlari ma’lum bo‘ldi.

«Roma» «Atletik»ka yutqazib (3:1), musobaqani tark etdi. Rimning boshqa bir jamoasi — «Latsio» «Viktoriya Plzen»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi (2:1, 1:1). «Ayntraxt» «Ayaks»ni ikkinchi o‘yinda ham yengdi (4:1). «Olimpiakos»ni musobaqadan chiqarib yuborgan «Budyo-Glimt» turnirdagi yurishini davom ettiradi (2:1, 0:3).

«Lion» «Styaua»ni 4:0 hisobida, «Manchester Yunayted» «Real Sosiyedad»ni 4:1 hisobida yengdi. «Tottenhem» «AZ Alkmar» ustidan zafar qozondi (2:1). «Reynjers» birinchi o‘yinda «Fenerbaxche»dan 3:1 hisobida ustun kelgan, javob o‘yinida 0:2 hisobida yengilgan bo‘lsa-da, penaltilar seriyasida omadi chopib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Chorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • «Tottenhem» — «Ayntraxt»;
  • «Budyo-Glimt» — «Latsio»;
  • «Reynjers» — «Atletik»;
  • «Lion» — «Manchester Yunayted».

Bu bosqich o‘yinlari 10 va 17-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring