Yevropa kengashi rahbari Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo yetakchilari bilan uchrashadi
Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel joriy yil 2-3 iyun kunlari Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.
YeI delegatsiyasi xabariga ko‘ra, Sh.Mishel Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mezbonligida Cho‘lponota shahrida tashkil etiladigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» ikkinchi sammitida ishtirok etadi.
Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va YeI rahbarlari ikki mintaqa o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda xalqaro masalalarni muhokama qiladi.
Nufuzli mashvaratda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov ishtirok etadi.
Yevropa kengashi rahbari Qirg‘izistonga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
«Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi muloqot platformasiga o‘tgan yili asos solingan.
Avval xabar berganimizdek, ikki mintaqa yetakchilarining ilk yuzma-yuz muloqoti 2022 yil 27 oktyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan.
Sharl Mishel Markaziy Osiyoga safari doirasida O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter