Yevropa Ittifoqi Brexitni kechiktirishga rozi
Yevropa Ittifoqi Brexitni 2020-yilning 31-yanvarigacha kechiktirish masalasiga rozilik bildirgan. Bu haqida «BBC» xabar bermoqda.
Yevropa kengashi raisi Donald Tuskning fikricha, blok bitimini parlament ma’qullasa, Buyuk Britaniya muddatidan oldin safdan chiqishi mumkin.
Brexitdan masalasi Britaniya parlamentiga o‘tkazilayotgan saylovoldi dasturlari doirasiga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya parlamentiga saylovlar joriy yilning 12-dekabr kunida o‘tkaziladi.
Buyuk Britaniyada Boris Jonson hokimiyat tepasiga kelgach, joriy yilning 31-oktyabriga qadar Brexitni amalga oshirish masalasi kun tartibiga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter