Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi armiyasini tuzish taklif etildi

Yevropa Ittifoqi armiyasini tuzish taklif etildi

Yevropa Ittifoqi urushlarning oldini oladigan va tinchlikni saqlaydigan o‘z qurolli kuchlarini yaratishi kerak. Bu haqda Italiya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani  «La Stampa» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Agar biz dunyo tinchligining saqlovchilaridan bo‘lishni istasak, bizga Yevropa armiyasi kerak. Bu Yevropaning samarali tashqi siyosatini olib borishning asosiy shartidir», deb hisoblaydi siyosatchi.

Tayanining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdan Hind-Tinch okeani mintaqasigacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab olgan inqirozli dunyoda Yevropa davlatlari uchun umumiy armiya «aniq fakt»ga aylanishi kerak.

Yevropa Ittifoqi o‘z armiyasini yaratishi kerakligi haqidagi munozaralar bir necha yillardan beri muhokama qilinadi. Masalan, 2022-yilning bahorida Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozef Borrel ham Yevropa qurolli kuchlarini shakllantirish zarurligi haqida gapirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring