Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirdi. Xo‘sh?

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirdi. Xo‘sh?

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanksiya paketini tasdiqladi. Bu haqda YeI kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, yangi cheklovlar Rossiya Federatsiyasining jangovar operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatiga qo‘shimcha zarba berish uchun mo‘ljallangan. Ko‘rilgan choralar, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishni qiyinlashtirishga qaratilgan.

1-yanvardan YeI Rossiyada qazib olinadigan, qayta ishlangan yoki ishlab chiqariladigan nosanoat olmoslar importini cheklaydi. 1-martdan esa uchinchi mamlakatlarda qayta ishlangan rus olmoslarini olib kirishga bosqichma-bosqich cheklovlar joriy etiladi.

Sanksiyalarning yangi paketi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan alyuminiy mahsulotlarini, jumladan sim, folga va quvurlarni import qilishni cheklashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 12 oylik o‘tish davri bilan suyultirilgan propanni import qilish taqiqlangan.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Yevropa kompaniyalarini hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarda bir qator ikki tomonlama maqsadli tovarlarni Rossiyaga reeksport qilishni taqiqlashni ko‘zda tutish majburiyatini yukladi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kiradi.

Avvalroq O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalarga duchor bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring